Выберите язык

  “Navoiy viloyat” teleradiokanalining “Adolat mezoni” informatsion dasturida chiqindilarni boshqarish, hududlarda obodonlashtirish va iste’molchilarning ushbu yo‘nalishdagi huquq hamda manfaatlari yuzasidan intervyu efirga uzatildi.
🎙 Intervyu: Xusniddin Radjabov — O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Qiziltepa tuman jamiyati ma’rifiy targ‘ibot, monitoring va axborot-tahlil shu’basi inspektori.
🔹 Suhbat davomida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish talablariga rioya etish, shuningdek, aholining chiqindi xizmatlari bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari haqida fikrlar bildirildi.
⚖️ Shuningdek, iste’molchilarning chiqindi xizmatlari bo‘yicha muammolari yuzaga kelganda o‘z huquqlarini bilishi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligi ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening