Выберите язык

Pop tumanida iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan navbatdagi murojaat o‘z yechimini topdi.
Pop tumani Uy­g‘ur MFY hududida joylashgan eshik va romlar ishlab chiqaruvchi korxona bilan bog‘liq murojaatda, fuqaro tomonidan eshik va romlar uchun to‘lov amalga oshirilgani, biroq buyurtma belgilangan muddatda o‘rnatib berilmagani sababli norozilik bildirilgan edi.
Murojaat yuzasidan Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida korxona rahbari bilan suhbat o‘tkazilib, masalani tezkor hal etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Natijada buyurtma qilingan eshik va romlar o‘rnatib berildi hamda iste’molchining e’tirozi bartaraf etildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarni davom ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening