Выберите язык

   Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 2026-yil 22-apreldagi 03-01/54-sonli buyrug‘iga asosan Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uyda yakka tartibda ta’lim olishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Navoiy viloyat hududiy birlashmasi tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.Mazkur o‘rganishlar davomida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, uyda ta’lim berish sifati, darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik holati, pedagog xodimlarning belgilangan jadval asosida mashg‘ulot olib borishi hamda ta’lim jarayonining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilinmoqda.Shuningdek, ota-onalar va qonuniy vakillar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglanmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.

Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari ta’lim sifatini oshirish, imkoniyati cheklangan hamda sog‘lig‘i sababli uyda ta’lim olayotgan bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim аҳамият kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening