Выберите язык

⚡️ Nishon tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi: salkam 5 000 000 soʻmga yaqin asossiz qarzdorlik sud buyrugʻi bilan bekor qilindi 

💳 Bank xizmatlaridan kundalik hayotimizda tez-tez foydalanamiz. Kreditlar va moliyaviy majburiyatlar oila byudjetida muhim o‘rin egallaydi.

❕Ammo ba’zida bank tomonidan xatoliklar tufayli fuqarolarga noreal qarzdorlik hisoblanishi mumkin.

📍 Qashqadaryo viloyati

📄 Murojaatda qayd etilishicha, Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R. G. Mikrokreditbankning Qashqadaryo viloyat filiali bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelgan.

🖋 Biroq bank tomonidan texnik xatolar natijasida unga nisbatan 4 492 731 so‘m qarzdorlik hisoblangan va bu bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarilgan.

🏦 Vaziyatni tushuntirish maqsadida fuqaro bankga borib, bank xodimlaridan noreal qarzdorlikni asoslab berishni soʻraganda unga nisbatan bepisandlik qilinib har xil haqoratomuz soʻzlar aytishgan.

🏢 Mazkur voqelikdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Nishon tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

📑 Tuman jamiyati mutaxassislar masalani o‘rganib, sud jarayonida qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilgan.

✅ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi qarzdorning e’tirozini asosli deb topib, oldingi sud buyrug‘ini to‘liq bekor qilindi va 4 492 731 so‘m qarzdorlikni bekor hisoblagan.

❗️Bank xizmatlarida ham fuqarolar huquqlari qonun bilan himoyalangan.

⚖️ Noreal qarzdorlik yoki xato hisob-kitoblar bo‘lsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan qo‘rqmang!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening