Выберите язык

   Iste'molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda adolatli yechim topish iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

   Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro A.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Qiziltepa tumanidagi savdo do‘konidan 3 400 000 so‘m evaziga kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Biroq xariddan ikki kun o‘tgach, mahsulotning ishlash sifati iste'molchini qoniqtirmagani sababli uni qaytarib, to‘lagan pul mablag‘ini qaytarishni talab qilgan.

  Ammo sotuvchi turli vajlarni ro‘kach qilib, iste'molchining qonuniy talabini bajarishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng murojaat Qiziltepa tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada iste'molchiga kir yuvish mashinasi uchun to‘langan 3 400 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi hamda uning qonuniy huquqlari tiklandi.

📞 Eslatma: Iste'molchi sifatida huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, hududingizdagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yoki 1091 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening