Выберите язык

  Iste'molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, amaldagi qonunchilik ijrosini ta'minlash hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Kamolova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi 221-I-son Qonuni ijrosi yuzasidan tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyati o‘rganildi.
  O‘rganish davomida qonun talablarining amaliyotda bajarilishi, iste'molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
  Shuningdek, iste'molchilarga huquqiy tushuntirishlar berish, ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda qonunchilik ijrosini ta'minlash borasidagi faoliyat holati ham atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha sohani yanada takomillashtirish, qonun ijrosini samarali ta'minlash hamda iste'molchilarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening