Выберите язык

Suyultirilgan gaz aholining kundalik turmushida muhim o‘rin tutadigan ijtimoiy ahamiyatga ega resurslardan biridir. Ayniqsa, tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan hududlarda u oilalarning ovqat tayyorlashi va boshqa maishiy ehtiyojlarini ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababli iste’molchilarni suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlash ularning qonun bilan kafolatlangan huquqlarini ta’minlashning muhim shartlaridan biridir.

Andijon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushayotgan har bir murojaat — 1091 ishonch telefoni, yozma yoki og‘zaki shaklda bo‘lishidan qat’i nazar — amaldagi qonunchilik talablari asosida puxta o‘rganilib, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan tezkor amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Shunday murojaatlardan biri Andijon shahar, “Madaniyat” MFY, T.Keldiyev ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Jo‘rayeva Mohidilxon tomonidan yo‘llanib, xonadonga 70 kun davomida suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilmayotgani ma’lum qilingan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, “Hududgazta’minot” Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning xonadoniga suyultirilgan gaz balloni jamiyat mutaxassisi ishtirokida yetkazib berilib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening