Выберите язык

Jizzax viloyatining Zomin tumanida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, mavjud kamchiliklar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishni Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov olib bordi. Kun tartibiga muvofiq, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarining ikkinchi chorakdagi faoliyati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, shuningdek, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy birlashmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hududiy birlashmalari hamda ularning tuman-shahar jamiyatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganish natijalari muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Hisobot davrida fuqarolardan 10 829 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 9 893 tasi yoki 91,4 foizi ijobiy hal etilgan. Natijada iste’molchilar foydasiga 46,8 milliard so‘mlik moddiy va ma’naviy zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 228 ta da’vo arizasi kiritilib, sud qarorlari asosida 7,3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi. Nazorat organlari orqali esa 71 million so‘mlik zarar iste’molchilar foydasiga qoplab berildi.

Yig‘ilishda murojaatlarni qonuniy va xolis ko‘rib chiqish, nizolarni sudgacha hal etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlarini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida 2026-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, hududiy tuzilmalar rahbarlariga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening