Выберите язык

Internet bugungi hayotning ajralmas qismiga aylangan. Taʼlim, ish faoliyati, tadbirkorlik, davlat xizmatlari va kundalik muloqotning aksariyati internet orqali amalga oshiriladi. Shu bois internet xizmatidagi uzilishlar isteʼmolchilarga jiddiy noqulaylik tugʻdiradi. Bunday holatlarda fuqarolarning murojaatlarini tezkor oʻrganish va muammolarni bartaraf etish isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning muhim yoʻnalishlaridan biridir.

Andijon viloyati,Oltinkoʻl tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro I.Moʻminov tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda Oltinkoʻl tumani, “Oqtepa”mahallasida yashovchi aholi foydalanayotgan “Uztelecom” internet tarmogʻi soʻnggi toʻrt kun davomida ishlamayotgani, mazkur nosozlik yuzasidan mutasaddi tashkilotga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, muammo bartaraf etilmagani maʼlum qilindi.

Mazkur murojaat jamiyat tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, holat joyiga chiqib oʻrganildi. Oltinkoʻl tumani “Uztelecom” boʻlimi masʼullari bilan hamkorlikda internet tarmogʻidagi nosozlik sabablari aniqlanib, yetakchi texnik mutaxassislar jalb etildi.

Olib borilgan texnik ishlar natijasida internet tarmogʻidagi nosozliklar toʻliq bartaraf etildi hamda “Oqtepa” mahallasidagi internet xizmatidan foydalanuvchi xonadonlarda aloqa qayta tiklandi. Natijada isteʼmolchilarning sifatli internet xizmatidan foydalanish imkoniyati qayta taʼminlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening