Выберите язык

⚡️ Nishon tumanida nogironligi bor oʻquvchi yoshlar holidan xabar olinmoqda 

Uyda yakka tartibda ta'lim jarayonida o'quvchining imkoniyatlari, sog'lig'i va psixologik xususiyatlari e'tiborga olinib, o'quv dasturlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Mazkur tizim ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislarning o'zaro hamkorligi asosida tashkil etilib, nogironligi bo'lgan bolalarning sifatli ta'lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

📍Qashqadaryo viloyati

Nishon tumanida yakka tartibda ta'lim olayotgan o'quvchi  Hurramov Ziyodbekni xonadoniga o'rganish ishlari amalga oshirilib borilganida, unga turib harakatlanishida, darslarda faol ishtirok etishida unga  qo'ltiq tayoq kerakligi ma'lum bo'ldi. 

Tuman jamiyati xodimlari oradan bir necha kun vaqt o'tib, shu o'quvchini yashab turgan xonadoniga borildi va jamiyat hisobidan qo'ltiq tayoq bilan ta'minlandi. Oʻquvchini onasi jamiyat xodimlariga minnatdorchilik bildirib oʻtdi.

Xulosa qilib aytganda, yakka tartibda uyda ta'lim olayotgan nogiron maktab o'quvchilariga yaratilayotgan imkoniyatlar ularning sifatli ta'lim olishi, bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishi hamda jamiyat hayotida munosib o'rin egallashiga xizmat qilmoqda.

✅ Ushbu ta'lim shakli orqali sog'lig'i sababli maktabga bora olmaydigan o'quvchilar ham teng huquqli ravishda ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lib, kelajakda o'z salohiyatini to'liq namoyon etishlari uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening