Выберите язык

   Bugungi kunda O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ularga huquqiy hamda amaliy ko'mak berish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Xatirchi tumanida kuzatilgan bir qator holatlar buning yaqqol tasdig'idir.
Saroy mahallasida yashovchi fuqaro F. R. federatsiyaning tuman jamiyatiga "IDEA" savdo do'konidan muddatli to'lov asosida xarid qilingan noutbukda dasturiy ta'minot bilan bog'liq muammolar va ayrim nosozliklar mavjudligi sababli tuzilgan shartnomani bekor qilishda amaliy yordam so'rab murojaat qildi.
Tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o'rganilib, fuqaro bilan savdo do'koni o'rtasidagi 7 million 800 ming so'mlik shartnoma bekor qilindi. Natijada iste'molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.
  Yana bir holatda esa Qo'shchinor mahallasida yashovchi fuqaro Sh. X. "IDEA" savdo do'konidan kredit asosida muzlatkich xarid qilgan. Keyinchalik to'lov shartlari oilaviy va moliyaviy imkoniyatlariga mos kelmagani sababli shartnomani bekor qilishni so'ragan. Murojaatga do'kon egasi tomonidan rad javobi berilgan.
Jamiyat mutaxassislari aralashuvidan so'ng holat qayta ko'rib chiqilib, 7 million 185 ming 600 so'mlik muddatli to'lov shartnomasi bekor qilindi.
Nurota tumanida yashovchi fuqaro Sh. S. esa "Tiko" rusumli avtomobilini ta'mirlatish uchun servis egasiga 4 million 600 ming so'm bergan. Biroq xizmat ko'rsatuvchi shaxs pulni o'z ehtiyojlariga sarflab, ta'mirlash ishlarini bajarmagan.
Murojaat asosida tuman jamiyati tomonidan sudga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga muvofiq, fuqaro foydasiga 4 million 600 ming so'm moddiy zarar hamda 1 million so'm ma'naviy zarar, jami 5 million 600 ming so'm undirildi.
Yuqoridagi misollar yurtimizda inson manfaati, uning huquqiy himoyasi va adolat ustuvor qadriyatga aylanayotganini yaqqol ko'rsatadi. Ilgari fuqaro o'z haqini talab qilishda turli qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lsa, bugun murojaatlarni tezkor ko'rib chiqish, huquqiy maslahat berish hamda sud orqali himoya qilish mexanizmlari samarali ishlamoqda.
Eng muhimi, aholi orasida huquqiy madaniyat yuksalib, iste'molchi sifatida o'z huquqini bilish va talab qilish ko'nikmasi shakllanmoqda. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Inson qadri uchun" tamoyilining hayotdagi amaliy ifodasidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening