Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Urganch shahri A.Temur ko‘chasida yashovchi fuqaro O.M. ichimlik suvi xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelganiga qaramay, suv ta’minoti korxonasi tomonidan uning hisobiga 647 000 (olti yuz qirq yetti ming) so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lgan.

Fuqaro mazkur holatni hal etish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ishonch telefoni 1091 ga murojaat qilgan.

Murojaat Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro O.M.ning hisobida shakllantirilgan 647 000 so‘mlik noreal qarzdorlik bartaraf etildi va murojaat ijobiy hal qilindi.

Mazkur holat iste’molchilarning kommunal xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarini muntazam nazorat qilib borishi hamda asossiz qarzdorlik aniqlangan taqdirda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening