Tibbiy xizmat inson hayoti va salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, alohida mas’uliyat talab etadigan sohalardan biridir. Shu sababli davlat tibbiyot birlashmalari, shifoxonalar va oilaviy poliklinikalarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi doimiy e’tiborda bo‘lishi zarur.
Jamoatchilik nazorati esa mazkur jarayonlarning ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashuvchi muhim mexanizmlardan biridir.
Shu maqsadda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Marhamat tumani 34-son oilaviy poliklinikasida jamoatchilik nazorati asosida monitoring tadbiri o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning holati, iste’molchilarning huquq va manfaatlari ta’minlanishi, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolarga tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonida iste’molchi sifatidagi huquq va majburiyatlari, xizmat sifati yuzasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish mexanizmlari hamda o‘z huquqlarini himoya qilish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Monitoring davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish jarayonida ochiqlik hamda shaffoflikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.
























