Выберите язык

Bugungi kunda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shulardan biri sifatida, Nukus shahri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan kelib tushgan murojaat o‘z natijasini berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kegeyli tumani fuqarosi X.Xo‘jambergenov "N.G.F" korxonasidan 690 000 so‘mga sotib olgan suv tozalash filtri sifatsiz bo‘lib chiqqan. Bu bo‘yicha fuqaro jamiyatga murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Nukus shahri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari masalani qisqa muddatda o‘rganib chiqdi. Korxona xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbatlar va tushuntirish ishlari o‘z samarasini berib, fuqaroning 690 000 so‘m puli to‘liqligicha o‘ziga qaytarib berildi.

Fuqaro X.Xo‘jambergenov ko‘rsatilgan yordam uchun jamiyat rahbariyati va xodimlariga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening