Выберите язык

NOREAL QARZDORLIGI BARTARAF ETILDI

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Chortoq tuman jamiyatiga fuqarolardan biri tomonidan elektr energiyasi to‘lovi bo‘yicha yuzaga kelgan noreal qarzdorlik yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Chortoq tuman jamiyati xodimlari hamda tumandagi “Toza Hudud” DUK mas’ullari hamkorligida joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida iste’molchining hisobida aks etgan 336 000 so‘mlik noreal qarzdorlik bartaraf etilib, elektr energiyasi uchun to‘lovga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi.
Shu tariqa, iste’molchini qiynab kelayotgan muammo joyida ijobiy hal etildi va uning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, asossiz qarzdorliklar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish Federatsiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening