Выберите язык

Nosoz ovoz kuchaytirgich o‘rniga yangisi berildi

📍Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida iste’molchining huquqlari tiklanishi bilan bog‘liq navbatdagi murojaat ijobiy yechim topdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ovoz kuchaytirgichni ta’mirlash maqsadida tuman markazida joylashgan “Kafolot” ustaxonasiga topshirgan.
Biroq ta’mirlash jarayonida ustaning ehtiyotsizligi oqibatida qurilmaning mikroprotsessori kuyib, ovoz kuchaytirgich yaroqsiz holga kelgan. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Murojaat Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, ustaxona mas’ullari bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgan.
Natijada nosoz holga kelgan ovoz kuchaytirgichning mikroprotsessorini topish imkoni bo‘lmagani sababli ustaxona tomonidan iste’molchiga xuddi shu turdagi yangi ovoz kuchaytirgich taqdim etilgan.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening