Выберите язык

Qorako‘l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi dorixonalar hamda xususiy davolash muassasalarida jamoatchilik monitoringlari o‘tkazilmoqda.

Dori vositalarini xarid qilish va tibbiy xizmatlardan foydalanishda fuqarolarning to‘liq, aniq hamda tushunarli ma’lumotga ega bo‘lishi muhim. Xususan, iste’molchi dori vositasining narxi, yaroqlilik muddati va undan foydalanish tartibi, shuningdek, tibbiy xizmatlarning shartlari hamda to‘lov miqdori haqida oldindan xabardor bo‘lishi lozim.

Jamoatchilik monitoringlari ushbu sohalarda iste’molchilar manfaatlariga daxldor masalalarni o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning oldini olishga xizmat qiladi. Dorixona va xususiy davolash muassasalari faoliyatida ochiqlik, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda iste’molchi bilan to‘g‘ri muloqot alohida ahamiyat kasb etadi.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirish ham bu jarayonning muhim yo‘nalishidir. Fuqarolarning xarid yoki xizmat uchun to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlashi, zarur ma’lumotlarni so‘rashi va o‘z huquqlariga befarq bo‘lmasligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarni hal etishda yordam beradi. Qorako‘l tumanida olib borilayotgan jamoatchilik monitoringlari dorixona va tibbiy xizmatlar sohasida iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening