Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining işonç telefoni orqali Toşkent şahar hududiy birlaşmasiga kelib tuşgan murojaat Mirzo Uluğbek tuman jamiyati tomonidan örganildi.
Murojaatda iste’molçi 2026-yil 16-oktabr kuni Mirzo Uluğbek tumani, Çimgan çorrahasida joylaşgan savdo markaziga kiriş qismidagi Kapitalbank bankomatidan foydalaniş vaqtida plastik kartasi bankomat içida qolib ketganini bildirgan. Iste’molçi bankning murojaatlar uçun möljallangan telefon raqamiga qönğiroq qilib, ariza qoldirganiga qaramay, muammo öz vaqtida hal etilmagani yuzasidan noroziligini bildirgan.
Mazkur murojaat Mirzo Uluğbek tuman jamiyati tomonidan örganilib, holat yuzasidan tegişli taşkilot ma'sul xodimlariga rasmiy murojaat etildi. Korxona ma'sul xodimlari tomonidan 2026-yil 16-oktabr kuni Çorsu filialiga tegişli bankomatda iste’molçining plastik kartasi qolib ketgani aniqlangan. Şuningdek, 19-oktabr kuni Mirzo Uluğbek filialiga tegişli boşqa bankomat orqali uçinçi şaxs tomonidan iste’molçining hisobidan 5 000 000 (beş million) söm miqdoridagi pul mablaği yeçib olingani ma’lum qilingan hamda 5 million söm mablağ bank tomonidan belgilangan tartibda qoplab berilishiga erishildi.
Mazkur holat iste’molçilar murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, bank xizmatlari körsatiş jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etiş hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş muhimligini yana bir bor körsatadi.
Iste’molçi murojaati ijobiy hal etildi: 5 million söm mablağ qoplab berildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 11
























