Выберите язык

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, ularning iste’molchi sifatidagi huquq hamda manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Andijon viloyati Izboskan tumanida qayd etilgan navbatdagi murojaat ham amaliy yechim topdi.

2026-yil 16-iyun kuni Izboskan tumanida yashovchi fuqaro T.N. Federatsiyaning 1091 ishonch raqami orqali murojaat qilib, “AND-OBOD” MCHJ tomonidan uning nomiga asossiz qarzdorlik hisoblangani yuzasidan yordam so‘radi.

Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan korxona vakillari ishtirokida to‘lov hujjatlari, kvitansiyalar va hisob-kitoblar batafsil tahlil qilindi.

O‘rganish natijasida fuqaro nomiga hisoblangan qarzdorlik asossiz ekani tasdiqlandi. Aniqlangan xatolik bartaraf etilib, qarzdorlik summasi abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan belgilangan tartibda chiqarib tashlandi hamda fuqaroning qonuniy huquqlari tiklandi.

Mazkur holat iste’molchilar murojaatlariga tezkor va samarali yondashuv natijasida ularning huquq hamda qonuniy manfaatlari amalda ishonchli himoya qilinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening