Выберите язык

NOSOZ ELEKTR HISOBLAGIÇ YANGISIGA ALMAŞTIRIB BERILDI
2026-yil 11-noyabr kuni Kattaqörğon tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga Möminxöja MFYning Çaşma qişloğida yaşovçi fuqaro O.U. tomonidan murojaat kelib tuşdi.
Murojaatda fuqaro Kattaqörğon tumani Kadan MFY hududida joylaşgan savdo dökonidan 1 800 000 (bir million sakkiz yuz ming) sömga elektr hisoblagiç sotib olganligini, biroq hisoblagiç nosoz bölib çiqqanligini bildirgan. Fuqaro nosoz mahsulotni savdo dökoniga qaytarib olib borib, dökon egasiga ma’lum qilganida, u mahsulotni qaytarib olişni rad etgan. Şu sababli iste’molçi öz huquqlarini himoya qilişda amaliy yordam sörab murojaat qilgan.
Uşbu murojaat Kattaqörğon tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati xodimlari tomonidan joyiga çiqqan holda örganildi. Örganiş jarayonida haqiqatan ham elektr hisoblagiç nosoz ekanligi aniqlandi.
Şundan söng savdo dökonining mas’ul xodimlariga iste’molçilarning huquqlari hamda nosoz tovarlar böyiça qonunçilikda belgilangan talablar yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Natijada fuqaro O.U.ga nosoz elektr hisoblagiç örniga yangi elektr hisoblagiç almaştirib berildi.
Murojaat ijobiy hal etildi!
Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş – doimiy e’tiborda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening