Выберите язык

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida iste’molchi tomonidan muddatli to‘lov asosida xarid qilingan elektroskuter bilan bog‘liq murojaat ijobiy hal etildi. Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati aralashuvi natijasida nosoz akkumulyatorlar umumiy qiymati 2 million 400 ming so‘m bo‘lgan yangi akkumulyatorlarga almashtirib berildi.

Uzun tumani “Erkinlik” mahallasida yashovchi fuqaro tuman markazida joylashgan savdo markazidan muddatli to‘lov sharti asosida 8 million 412 ming so‘mlik ikki o‘rindiqli elektroskuter xarid qilgan.

Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida elektroskuter akkumulyatorlarida nosozlik mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Akkumulyatorlar quvvatni uzoq vaqt saqlamaganligi sababli transport vositasi qisqa masofani bosib o‘tgach, quvvati tugab qolgan. Bu esa iste’molchiga elektroskuterdan belgilangan maqsadda to‘liq va xavfsiz foydalanish imkonini bermagan.

Fuqaroning bildirishicha, u muammoni bartaraf etish maqsadida savdo markaziga bir necha bor murojaat qilgan. Biroq har safar yangi akkumulyator o‘rniga avval ishlatilgan akkumulyatorlar o‘rnatib berilgan. Natijada elektroskuterdagi nosozlik to‘liq bartaraf etilmagan va muammo yana takrorlangan.

Shundan so‘ng fuqaro Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilib, mahsulotdagi kamchiliklarni qonuniy tartibda bartaraf etish, nosoz akkumulyatorlarni yangisiga almashtirish hamda elektroskuterni soz holatga keltirishda amaliy yordam so‘ragan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Iste’molchining talablari va xaridga oid holatlar tahlil qilinib, savdo markaziga rasmiy aloqa xati yuborildi. Unda iste’molchiga sotilgan mahsulotning sifat holatini tekshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va fuqaroning qonuniy talabini ta’minlash so‘raldi.

O‘rganish jarayonida elektroskuter akkumulyatorlari haqiqatan ham sifatsiz ekani tasdiqlandi. Savdo markazi tomonidan iste’molchining e’tirozi asosli deb topilib, umumiy qiymati 2 million 400 ming so‘mni tashkil etuvchi nosoz akkumulyatorlar yangi va soz akkumulyatorlarga almashtirib berildi.

Mazkur holat iste’molchilar xarid qilgan mahsulotida nuqson aniqlanganida sotuvchiga talab qo‘yish, muammo hal etilmagan taqdirda esa tegishli iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat etish huquqiga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening