Выберите язык

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq iste’molchi murojaati o‘rganilib, muammo ijobiy hal etildi.

Termiz tumani Quyoshli yurt mahallasi, Fitrat ko‘chasi 71-uyda yashovchi fuqaro Mavluda Sananova O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 — Ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Fuqaro o‘z murojaatida xonadoniga qariyb uch oydan buyon suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilmayotganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, mahallaga olib kelingan gaz ballonlari ko‘cha boshida tarqatilib, ayrim xonadonlarga yetib bormagan. Natijada fuqaro uzoq vaqt davomida gaz ta’minotisiz qolib, kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirishda qiyinchilikka duch kelgan.

Mazkur murojaat Federatsiyaning Ishonch telefonida 25230/26-son bilan ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda Termiz tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilgan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaatda keltirilgan holatlar o‘rganilib, masalaga aloqador tashkilotlar bilan bog‘lanildi. Iste’molchining xonadoniga gaz balloni yetkazib berilmagani, shuningdek, tarqatish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

O‘rganish va amaliy sa’y-harakatlar natijasida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan muammo bartaraf etilib, uning xonadoniga suyultirilgan gaz balloni yetkazib berildi. Shu tariqa iste’molchining qonuniy talabi ta’minlanib, murojaat ijobiy hal qilindi.

Mazkur holat aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal va maishiy xizmatlarda yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etishda fuqarolarning murojaatlari muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Iste’molchilar xizmatlardan foydalanishda huquqlari buzilgan yoki ularning qonuniy talablari e’tiborsiz qoldirilgan holatlarda tegishli tashkilotlarga, shuningdek, Federatsiyaning 1091 — Ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening