Выберите язык

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.I. tomonidan Federatsiyaning “Telegram-bot”i orqali yo'llagan murojaatida stomatologik xizmat sifati yuzasidan norozilik bildirgan.
Murojaatda qayd etilishicha, murojaatchining turmush o‘rtog‘i joriy yilning may oyida stomatolog M.I. tomonidan davolangan. Dastlab shifokor tomonidan tishni saqlab qolish va davolash mumkinligi ma’lum qilingan hamda tegishli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Biroq davolash jarayonida tish kanaliga ishlov berish vaqtida maxsus tibbiy asbobning (igna) sinib qolganligi, natijada davolash murakkablashgani ma’lum qilingan. Shundan so‘ng murojaatchi boshqa stomatolog mutaxassisga murojaat qilgan. Tekshiruv natijasida tish kanalida va jag‘ suyagi sohasida sinib qolgan igna bo‘laklari mavjudligi aniqlangan. Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu holatni bartaraf etish uchun qo‘shimcha davolash hamda jarrohlik muolajalari talab etilishi, buning uchun esa sezilarli miqdorda mablag‘ sarflanishi mumkinligi bildirilgan. Murojaatchining ta’kidlashicha, vaziyat yuzasidan bir necha bor shifokor bilan bog‘lanishga uringan bo‘lsa-da, masala ijobiy hal etilmagan. Shu sababli u ko‘rsatilgan stomatologik xizmat sifati, yetkazilgan moddiy zarar hamda ma’naviy zarar masalalarini qonunchilik doirasida ko‘rib chiqishda amaliy yordam so‘ragan. Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan atroflicha o'rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, tomonlar bilan suhbatlar o'tkazilib, amaldagi qonunchilik asosida tushuntirishlar berildi. Hududiy birlashma xodimlarining amaliy sa’y-harakatlari natijasida fuqaroning 3 million 775 ming so‘m miqdoridagi mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi. 
Mazkur holat O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasidir.


“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening