Выберите язык

NOREAL QARZDORLIK BEKOR QILINDI

Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qildi.
Murojaatda fuqaroning xonadoniga “Toza hudud” davlat muassasasi tomonidan amalda xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, uning nomiga 572 ming 120 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangani bildirildi. Mazkur qarzdorlik sababli fuqaro elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirishda ham muammoga duch kelgan.
Yangiqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari hamda “Toza hudud” tashkiloti mas’ullari ishtirokida murojaat atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaroning yashash manzili tizimga noto‘g‘ri kiritilgani va unga haqiqatda xizmat ko‘rsatilmagani aniqlandi. Natijada fuqaro nomiga asossiz ravishda hisoblangan 572 ming 120 so‘mlik qarzdorlik tizimdan o‘chirildi.
Shuningdek, fuqaroga elektr energiyasi uchun to‘lovlarni davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening