Выберите язык

QARZDORLIK HOLATIGA ANIQLIK KIRITILDI

Yangi Namangan tumanida yashovchi fuqaro “Musaffo Iqlim” MCHJ tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hamda hisoblangan qarzdorlik yuzasidan Yangi Namangan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot mas’ul xodimlari ishtirokida holatga aniqlik kiritildi.
O‘rganish davomida murojaatchiga 
2 million 500 ming so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangani haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri ekani, mazkur qarzdorlik boshqa fuqaroga tegishli ekanligi aniqlandi. Shuningdek, murojaatchining amaldagi qarzdorligi ko‘rsatilgan miqdorda emasligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot mas’ullariga kelgusida shu kabi holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening