Выберите язык

   Nurota tumani “Nurfaxr” mahalla fuqarolar yig‘ini Parpi Uzoq ko‘chasida yashovchi fuqaro Shukurov Olim Jabborovich o‘zining iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilgani yuzasidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qildi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2026-yil may oyida “Bozorim” MCHJdan 356 000 so‘m qiymatdagi 1 dona “Karcher” tovarini xarid qilgan. Biroq ma’lum muddat foydalanilgandan so‘ng ushbu mahsulotda turli nosozliklar yuzaga kelib, u butunlay ishlamay qolgan.
   Shundan so‘ng fuqaro mahsulotdagi kamchiliklarni bartaraf etish yoki uni yangisiga almashtirib berish masalasida bir necha bor sotuvchi korxonaga murojaat qilgan. Ammo uning murojaatlari ijobiy yechim topmagan.
   Vaziyatdan norozi bo‘lgan iste’molchi o‘z huquqlarini tiklash va nosoz mahsulotni sifatli mahsulotga almashtirishda amaliy yordam so‘rab Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
  Jamiyat mutaxassislari murojaatni atroflicha o‘rganib chiqib, amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari asosida tegishli choralarni ko‘rdilar. Natijada fuqaroning talabi qanoatlantirilib, nosoz “Karcher” tovari sifatli va soz holatdagi mahsulotga almashtirib berildi.
Murojaatining qisqa muddatda ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan Shukurov Olim Jabborovich jamiyat mutaxassislariga o‘z minnatdorligini bildirib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi samarali faoliyatlariga yuqori baho berdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening