Выберите язык

  Navbahor tumanida yashovchi fuqaro T. Z Karmana tumanida faoliyat yurituvchi “GARANT” savdo do‘konidan shartnoma asosida qo‘l telefoni xarid qilgan. Biroq savdo do‘koni tomonidan iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan model emas, balki boshqa turdagi va narxi ham arzonroq bo‘lgan telefon topshirilgan.
  Iste’molchi ushbu holat yuzasidan savdo do‘koniga murojaat qilib, shartnomada belgilangan telefonni berishni talab qilgan. Ammo savdo do‘koni tomonidan mahsulotni almashtirib berish rad etilgan.
Shundan so‘ng fuqaro Karmana tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida savdo do‘koni bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
  Ko‘rilgan choralar natijasida iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi hamda fuqaro T. Z.ga shartnomada ko‘rsatilgan qo‘l telefoni olib berildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va adolatli yechim topishga ko‘maklashishda davom etmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening