Выберите язык

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Manas MFYda yashovchi fuqaro Z.Rustamov O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat yo‘lladi.

Unga ko‘ra,  Jizzax shahridagi Zargarlik mahallasidan joy olgan “ITECH” savdo do‘konidan kompyuter xarid qilgani, ammo mahsulot nosoz chiqqanligi va tadbirkor tomonidan puli qaytarib berilmayotganidan norozilik bildirdi.

Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat tegishlicha o‘rganib chiqildi. Natijada, murojaatchiga nosoz kompyuter uchun to‘langan 5 100 000 (besh million bir yuz ming) so‘m to‘liq qaytarib berildi.

Z.Rustamov jamiyatga o‘zining yozma minnatdorchiligini bildirib, talabining to‘liq qondirilganidan mamnunligini ta’kidladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening