Выберите язык

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi Y.E. Jizzax shahridagi “IMKON” savdo markazidan muddatli to‘lov asosida elektro mototsikl xarid qilgan. Oradan olti oy o‘tgach, tovar sifatsiz ekani ma’lum bo‘lib, iste’molchi uni do‘konga qaytarib topshirgan.

Shunga qaramasdan, shartnoma bekor qilinmay, iste’molchiga 5 million 500 ming so‘m qarzdorlik yuzasidan Majburiy ijro byurosiga undiruvga yuborilgani bo‘yicha e’tiroz bildirilgan.

Mazkur holat Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, sotuvchi tomonidan iste’molchi huquqlari buzilgani aniqlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi. Shuningdek, iste’molchiga qo‘yilgan 5 million 500 ming so‘m miqdoridagi asossiz qarzdorlik ham bekor qilindi.

Bu holat iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va ular buzilganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening