Выберите язык

1091 ORQALI MUROJAAT — ISTE’MOLCHI FOYDASIGA HAL ETILDI

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida iste’molchi murojaati asosida yana bir muammo ijobiy yechim topdi.

Fuqaro tomonidan 1091 ishonch telefoniga yo‘llangan murojaatda, Yangiqo‘rg‘on tuman markazida joylashgan  savdo do‘konidan xarid qilingan muzlatkich sifatsiz ekani, bir necha bor ta’mirlanganiga qaramay nosoz holatda qolayotgani ma’lum qilingan.

Mazkur murojaat Yangiqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida muzlatkichning haqiqatan ham nosoz holatda ekani tasdiqlandi.

Shundan so‘ng amaldagi qonunchilik asosida savdo do‘koni mas’ullariga tegishli tushuntirishlar berilib, iste’molchining qonuniy talablari ta’minlandi. Natijada sifatsiz mahsulot ta’mirlanib, sifatli holatga keltirib berildi.

👉 1091 — Yagona ishonch telefoni

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening