Выберите язык

  

  Navoiy viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi viloyatning olis Tomdi tumanida tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi. Unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash, monitoring tadbirlarining sifati, matbuot va targ‘ibot yo‘nalishidagi kamchiliklar hamda KPI ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, viloyatda jami 120 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Shundan 41 tasi yozma, 79 tasi og‘zaki.

     Murojaatlar natijasida iste’molchilar manfaatiga 1 025 169 853  so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinib, ijobiy hal etildi.
Yig‘ilishda monitoring ishlari yuzaki emas, sifatli va natijador tarzda tashkil etilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha tuman va shahar jamiyatlari faoliyati tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida Federatsiyaning “Iste’mol madaniyati” gazetasi obunasini tashkil etishda faol ishtirok etgan tuman va shahar jamiyatlari raislari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.v

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening