Выберите язык

       2026-yil 28-aprel kuni Navbahor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning “Toshrobot” MFYda yashovchi fuqaro X.O og‘zaki murojaat qildi.Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro tuman markazida faoliyat yurituvchi “Atlant Medikal” xususiy stomatologiya muassasasiga tishini davolatish maqsadida borgan. Xizmat uchun 300 000 so‘m miqdoridagi to‘lovni plastik karta orqali amalga oshirmoqchi bo‘lganida, muassasa xodimlari kartada mablag‘ yo‘qligini bildirgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, fuqaroning plastik kartasidan 300 000 so‘m pul mablag‘i yechib olingani aniqlangan.

      Mazkur holat sabab fuqaro ancha sarson bo‘lgan va muammoni hal etish yuzasidan yordam so‘rab murojaat qilgan.     Navbahor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan masala o‘rganilib, tegishli tartibda olib borilgan tushuntirish va amaliy choralar natijasida fuqaroning 300 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarga to‘lov amalga oshirilganda чек va SMS-xabarnomalarni saqlab qo‘yish, shuningdek, shubhali holatlarda darhol murojaat qilish zarurligini eslatib o‘tadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening