Выберите язык

Har bir xaridor yangi maishiy texnika sotib olar ekan, avvalo uning sifatli, ishonchli va uzoq muddat xizmat qilishini kutadi. Ayniqsa, kondisioner kabi kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maishiy texnikada nosozlik yuzaga kelishi iste'molchi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

Shunday holatlardan biri Bag‘dod tumani Oydinbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Sh.E. bilan yuz berdi. U xarid qilgan «Avalon» rusumli kondisionerda nosozlik aniqlanib, texnika talab darajasida ishlamayotganidan norozi bo‘lgan holda O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Uchko‘prik tuman jamiyatiga murojaat qildi.

Fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganilib, uning mazmuni va holatga doir ma'lumotlar aniqlashtirildi. Uchko‘prik tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan kondisioner xarid qilingan «Ishonch» savdo do‘koniga rasmiy so‘rov xati yuborildi.

Unda iste'molchining murojaati bilan bog‘liq holatni har tomonlama o‘rganish, xaridor bilan tuzilgan shartnoma nusxasi hamda yuzaga kelgan vaziyatga oid zarur ma'lumotlarni taqdim etish so‘raldi. Bu esa murojaatni faqatgina rasmiy qayd etish bilan cheklanmasdan, muammoning aniq sabablarini o‘rganish va qonuniy yechim topishga qaratilgan amaliy chora bo‘ldi.

Savdo tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, murojaat o‘rganilgandan so‘ng fuqaro bilan bog‘lanilib, kondisionerdagi muammoni bartaraf etish uchun tegishli servis markaziga ariza qoldirish tartibi tushuntirilgan.

Shundan so‘ng servis xizmati mutaxassislari tomonidan iste'molchining yashash xonadonlariga borib, kondisioner ko‘zdan kechirildi. Texnik nosozlik aniqlanib, servis xizmati orqali bartaraf etildi va qurilma soz holatga keltirildi.

Eng muhimi, mazkur holatda iste'molchining muammosi e'tiborsiz qolmadi. Jamiyatning aralashuvi, savdo tashkiloti va servis xizmati bilan olib borilgan muloqot natijasida muammoni amaliy hal qilishga erishildi.

Uchko‘prik tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borib, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish doirasida tegishli choralarni ko‘rdi. Yakunda kondisionerdagi nosozlik bartaraf etilgani va qurilma soz holatga keltirilgani ma'lum qilindi.

Bu kabi holatlar iste'molchilar uchun ham muhim saboq bo‘ladi. Maishiy texnika xarid qilinayotganda:

— tovar va to‘lov hujjatlarini saqlab qo‘yish;
— kafolat hujjatlari bilan tanishib chiqish;
— nosozlik aniqlanganda mustaqil ravishda texnikani ta'mirlatishga shoshilmasdan, avvalo sotuvchi yoki vakolatli servis xizmatiga murojaat qilish;
— muammo hal etilmagan taqdirda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Iste'molchi uchun har bir murojaat muhim. Chunki xarid qilingan tovardagi hatto oddiy ko‘ringan nosozlik ham o‘z vaqtida hal etilmasa, katta noqulaylikka aylanishi mumkin.

Bag‘dodlik fuqaro Sh.E.ning murojaati misolida ham ko‘rinib turibdiki, o‘z huquqini bilish, muammoni belgilangan tartibda bayon qilish va zarur holatda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etish orqali muammoga amaliy yechim topish mumkin.

Sifatli tovar va xizmat — iste'molchining qonuniy manfaati. Uning huquqini himoya qilish esa o‘z vaqtida qilingan murojaatdan boshlanadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening