Qamashi tumanida gaz baloni taqsimoti bo‘yicha iste’molchi murojaati adolatli yakun topdi
Suyultirilgan gaz baloni ko‘plab oilalar uchun oshxona va isitish tizimining asosiy manbai hisoblanadi.
Uni o‘z vaqtida va adolatli taqsimlash har bir iste’molchi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ba’zida gaz baloni olish tartibi yoki taqsimot qoidalari bo‘yicha noaniqliklar yuzaga kelib, fuqarolar murojaat qilishga majbur bo‘lishadi.
Bunday holatlarda masalani qonun doirasida o‘rganish va tushuntirish ishlari muhim rol o‘ynaydi.
Xuddi shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi fuqaro S.Q. gaz baloni taqsimoti bilan bog‘liq masala yuzasidan muammo duch kelgan.
Fuqaro yashab turgan mahallada navbat bilan aholiga suyultirilgan gaz balonlarni tarqatmayotganligi aniqlangan.
Iste'molchi holatdan norozi bo'lib, tuman gaz ta'minoti idorasiga borib murojaatni og'zaki bayon qilganida soha xodimlari fuqaroga bepisandlik qilib fuqaroga nazarga ham ilishmagan.
Bo'lib o'tgan voqealikdan ko'ngli to'lmagan fuqaro Qamashi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni qonunchilik asosida atroflicha o‘rganib chiqishdi.
O‘rganish jarayonida hozirgi kunda gaz balonlari plastik karta orqali, har bir xo‘jalikka 1 dona hisobida berilishi tizimi joriy etilgani aniqlangan.
Iste'molchiga amaldagi tartib — gaz balonlarining plastik karta orqali va har bir xo‘jalikka bir donadan berilishi haqida batafsil tushuntirish berildi. Murojaat ijobiy hal etildi.
Kommunal xizmatlar, jumladan gaz ta’minoti ham shaffof va adolatli bo‘lishi shart.
Agar gaz baloni olish tartibida noaniqlik yoki muammo yuzaga kelsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang.
























