Выберите язык

NOSOZ KONDITSIONER

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish — fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim yo‘nalishlardan biridir.
Ayniqsa, xarid qilingan mahsulot kafolat muddati davomida nosoz holatga kelganda, iste’molchining o‘z huquqlarini bilishi va ulardan foydalanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Yaqinda Mingbuloq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga servis markazi faoliyatidan norozi bo‘lgan fuqaro murojaat qildi. Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro savdo do‘konlaridan biridan 
4 million 800 ming so‘mga konditsioner xarid qilgan.
Biroq 
kafolat muddati tugamasdan konditsionerda nosozlik yuzaga kelgan.
Iste’molchi muammoni bartaraf etish maqsadida servis markaziga murojaat qilgan.
Biroq qariyb bir oy davomida masala hal etilmagani sababli fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Telegram boti orqali yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat Mingbuloq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, servis markazi vakillari bilan tegishli muzokaralar olib borildi. Natijada iste’molchining
nosoz konditsioneri yangisiga almashtirib berildi.
Shu tariqa fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening