Выберите язык

  2026-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Xatirchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilish davomida jamiyat faoliyatini yanada samarali tashkil etish, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni kuchaytirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
⚖️ Shuningdek, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda sotilayotgan tovarlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
🤝 Yig‘ilishda jamiyat faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✅ Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha hamda viloyat konferensiyasiga nomzodlar saylab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening