Выберите язык


Boysun tuman "Ariq-usti" mahallasida yashovchi fuqaro H.G tomonidan 2026-yil 3-mart kuni yozma murojaat qoldirilgan bo‘lib, murojaat tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Murojaatda fuqaro Boysun tuman markaziy hududida joylashgan aralash mollar savdo do‘konidan 1 600 000 (bir million olti yuz ming) so‘mga xarid qilgan "EPO" rusumli suv tortish motori nosoz holatda chiqqanligini bildirgan.

O‘rganish jarayonida amaldagi "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun talablari asosida iste’molchiga: to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish, yoki shu turdagi sifatli mahsulotga almashtirib olish huquqi mavjudligi tushuntirildi.

Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga ham qonun talablari hamda iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

✅ Natijada murojaat yuzasidan iste’molchining qonuniy manfaatlari himoya qilinib, muammoni ijobiy hal etish chorasi ko‘rildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening