Выберите язык

       

     Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro M. S. federatsiyaning 1091 ishonch raqamiga murojaat qilib, “Suvta’minot” bo‘limi tomonidan hisoblangan 417 000 so‘mlik qarzdorlikdan norozi ekanligini bildirgan.

     Mazkur murojaat Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida fuqaro zimmasiga yuklatilgan qarzdorlik asossiz ekani aniqlandi.

     Natijada mutasaddi tashkilotlarga tegishli choralar ko‘rilib, 417 000 so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq bekor qilindi.

     Eng muhim jihati, ushbu mablag‘ fuqaroning plastik kartasiga qaytarib berildi.

     Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi samarali ishlayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Fuqarolar o‘z huquqlarini bilishi va bunday holatlarda murojaat qilishdan tortinmasligi lozim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening