Выберите язык


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan kelib tushgan murojaat asosida yana bir iste’molchining huquqlari tiklandi.

Mazkur murojaatda fuqaro tomonidan bildirilishicha, Angren shahrida joylashgan “Garant” savdo markazining filiali tomonidan uning bank plastik kartasidan 643 000 so‘m miqdorida ortiqcha pul mablag‘lari yechib olingan.

Holat yuzasidan murojaat tegishli tartibda Toshkent viloyati Angren shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yo‘naltirildi. Mutaxassislar tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, mavjud vaziyatga huquqiy baho berildi.

O‘rganish jarayonida iste’molchining murojaatida keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi. Natijada vakolat doirasida tegishli choralar ko‘rilib, fuqaroning bank kartasidan ortiqcha yechib olingan 643 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

Shu tariqa, iste’molchining buzilgan huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.

Ta’kidlash lozimki, iste’molchilar savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelgan har qanday nizoli holatlarda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening