Выберите язык

📍 Uzun tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro Shodmonova Nilufarning murojaati o‘rganib chiqildi.

📝 Mazkur murojaat yuzasidan Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi M. U, ZIFFLER servis mas’ul xodimi hamda murojaatchi ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro tomonidan yangi xarid qilingan 6 kg avtomat kir yuvish mashinasining baraban qismi nosoz holatga kelgan hamda ushbu masala bo‘yicha sotuvchiga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, muammo bartaraf etilmagan.

⚙️ Holat joyiga chiqib o‘rganilib, muammo ijobiy hal etildi — kir yuvish mashinasining baraban qismi yangisiga almashtirib berildi.

📖 Shuningdek, murojaatchiga amaldagi qonunchilik, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tushuntirishlar berildi.

⚖️ Fuqaro ushbu javobdan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi bildirildi.

🛡 Iste’molchi huquqlari — qonun himoyasida!

📞 Ishonch telefoni: 1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening