Выберите язык

        2026-yil aprel oyida Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro F. M. Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan chiqdi.

       Murojaatda aytilishicha, fuqaro yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joydan xonadon xarid qilish maqsadida qurilish kompaniyasiga 48 million 500 ming so‘m miqdorida boshlang‘ich to‘lov amalga oshirgan. Tuzilgan shartnomada xonadon pishgan g‘ishtdan qurilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, fuqaro qurilish jarayonini borib ko‘rganida bino penablok materialidan barpo etilayotganini aniqlagan.

      Mazkur holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi to‘lagan mablag‘ini qaytarishni talab qilgan, biroq qurilish kompaniyasi pulni qaytarishni rad etgan.

      Shundan so‘ng Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida iste’molchiga noto‘g‘ri va yolg‘on ma’lumot berilgani isbotlandi.

      Jamiyatning qonuniy aralashuvi natijasida fuqaroning 48 million 500 ming so‘m puli to‘liq qaytarib berildi.

      Mazkur holat iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening