Выберите язык

         Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro M.T. Federatsiyaning 1091 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tuman markazida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konidan uy ta’miri uchun xarid qilgan 40 dona shifer mahsuloti sifatsiz chiqqanidan norozi ekanligini ma’lum qildi.

         Murojaat yuzasidan Xatirchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Savdo shoxobchasi mas’ullari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari eslatib o‘tildi.

        Jamiyatning aralashuvi natijasida iste’molchiga yetkazilgan noqulaylik bartaraf etilib, sifatsiz chiqqan 40 dona shifer mahsuloti sifatlisiga almashtirib berildi.

         Mazkur holat iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Fuqarolar savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida muammoga duch kelsa, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening