Выберите язык

Nosoz motor bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Xarid qilingan mahsulotning sifatli va belgilangan talablarga javob berishi har bir iste’molchining qonuniy huquqlaridan biridir. Biroq ayrim hollarda xariddan so‘ng mahsulotda turli nosozliklar aniqlanishi mumkin.

Norin tumanida yashovchi iste’molchi xarid qilgan
motor nosoz chiqqani sababli muammoga duch keladi. Masalani hal etish maqsadida u Norin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.
Murojaat mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
O‘rganish natijasida nosoz motor bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilindi va iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.
Mazkur holat xarid vaqtida mahsulot sifati, kafolat shartlari hamda xaridni tasdiqlovchi hujjatlarga e’tiborli bo‘lish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Iste’molchi, o‘z huquqlaringizni biling va sifatsiz mahsulotga duch kelganingizda qonuniy manfaatlaringizni himoya qilish uchun murojaat qiling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening