Выберите язык

Sifatsiz telefon uchun to‘langan pul

Bugungi kunda mobil telefon kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shu bois xarid qilingan qurilmaning sifatli va talab darajasida ishlashi iste’molchi uchun juda muhim.

Pop tumanida yashovchi fuqaro savdo nuqtalaridan biridan yangi uyali telefon xarid qiladi. Biroq telefonni ishlatish jarayonida uning quvvati juda tez tugab qolayotgani, qurilma kutilganidek ishlamayotgani ma’lum bo‘ladi.

Iste’molchi ushbu holatdan norozi bo‘lib, telefonni savdo nuqtasiga qaytaradi va to‘lagan pul mablag‘ini qaytarishni so‘raydi. Ammo uning talabi o‘z vaqtida qanoatlantirilmaydi.


Shundan so‘ng fuqaro Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.
Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, savdo nuqtasi vakillari bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining talabi qanoatlantirilib, sifatsiz telefon uchun to‘langan pul mablag‘i qaytarildi.
Shu tariqa iste’molchining buzilgan huquqi tiklandi va murojaat ijobiy hal etildi.

Iste’molchi sifatida huquqlaringizni biling. Xarid qilingan mahsulot sifatsiz chiqsa, o‘z qonuniy talablaringizni bildirishdan tortinmang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening