Выберите язык

Nosoz qurilma uchun to`langan pul iste’molchiga qaytarildi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali kelib tushgan yana bir murojaat iste’molchi foydasiga hal etildi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro 2026-yil 13-avgust kuni tumandagi savdo shoxobchalaridan biridan avtomobil yuvish uchun mo‘ljallangan qurilmani 6 million 180 ming so‘mga xarid qilgan.
Biroq qurilmadan foydalanish jarayonida uning motor quvvati pastligi sababli talab darajasida ishlamayotgani ma’lum bo‘lgan.

Iste’molchi mahsulotni qaytarish yuzasidan savdo shoxobchasiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, dastlab masala ijobiy hal etilmagan.
Shundan so‘ng fuqaro Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat Yangiyo‘rg‘on tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparati tomonidan o‘rganildi. Qurilma mutaxassislar ishtirokida tekshirilib, uning motor quvvati pastligi sababli yaxshi ishlamayotgani aniqlandi.

O‘rganish davomida savdo shoxobchasi mas’ullariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi.
Natijada iste’molchiga xarid uchun to‘lagan 6 180 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening