Выберите язык

🔹 Konimex tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Ziyoyeva Nazokatning iste’molchi sifatidagi murojaati o‘rganildi.
🔹 Murojaatda Guliston MFY, Guliston ko‘chasi, 42-uyda yashovchi fuqaro Ziyoyeva Nazokat “Ishonch” do‘konidan Redmi 15C rusumli mobil telefon xarid qilgani, biroq telefon nosoz bo‘lib chiqqani bayon etilgan.
🔹 Murojaatni o‘rganish jarayonida do‘kon egasi tomonidan nosoz telefonni almashtirib berish taklif qilingan va buning uchun ikkinchi telefon bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
⚖️ Iste’molchining huquq va qonuniy manfaatlarini inobatga olgan holda, ikkinchi shartnoma bekor qilindi.
✅ Natijada fuqaro Ziyoyeva Nazokatning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.
🤝 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning buzilgan huquqlarini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
📞 Iste’molchi huquqlaringiz buzilgan taqdirda, 1091 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening