QONUN USTUVORLIGI — ISTE'MOLCHI MANFAATLARI HIMOYASINING KAFOLATI!
«Adolat qaror topgan joyda inson qadri ulug'lanadi». Ana shu tamoyil asosida Samarqand viloyati Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste'molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar o'zining amaliy natijasini bermoqda.
Toyloq tumanida yashovchi fuqaro R.Sh. O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qildi. Uning ma'lum qilishicha, 2024-yilda hisoblagichiga avtoavariya tufayli ziyon yetgan, yangisini esa elektr ta'minoti korxonasi xodimi (R.J.) kelib o'rnatib bergan, biroq bazaga kiritilmagani sababli 24 000 000 so'm miqdorida jarimaga tortilgan. Fuqaro bundan norozi bo'lib, amaliy yordam so'ragan.
Murojaat Toyloq tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan chuqur o'rganilib, to'plangan hujjatlar asosida fuqarolik ishlari bo'yicha tuman sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud majlisida ish materiallari, dalillar va hujjatlar sinchkovlik bilan o'rganildi.
Toyloq tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sudi tomonidan da'vo talablari qanoatlantirildi. Sud qarori bilan 24 million so'm miqdoridagi noreal qarzdorlik bekor qilindi. Bu holat yana bir bor shuni ko'rsatadiki: «Qonun hamma uchun barobar, iste'molchi esa himoyasiz emas». O'z huquqini bilgan va uni qonuniy yo'l bilan himoya qilgan fuqaro, albatta, natijaga erishadi.
O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tomonidan har bir murojaat ortida inson taqdiri, adolat va qonun ustuvorligi turishi chuqur anglanadi. Shu bois har bir murojaat sinchkovlik bilan o'rganilib, iste'molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan zarur huquqiy choralar ko'rilmoqda.
QONUN USTUVORLIGI — ISTE'MOLCHI MANFAATLARI HIMOYASINING KAFOLATI!
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 37
























