Выберите язык

Qo‘mqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaro X.A tomonidan 2026-yil 24-mart kuni Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari, tadbirkor hamda murojaatchi ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor E. Chga qarashli savdo do‘konidan 1 300 000 so‘mga “iPhone” telefoni uchun ekran xarid qilgan. Ushbu ekran uchinchi shaxs — tanish usta tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, qisqa muddatdan so‘ng nosoz holatga kelgan.

Holat yuzasidan tadbirkorga amaldagi qonunchilik, xususan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablari tushuntirildi.

📌 Natijada, iste’molchiga yaroqsiz bo‘lib chiqqan ekran o‘rniga xuddi shunday yangi ekran bilan almashtirib berildi.

👉 Eslatma: Agar iste’molchi ushbu qarordan norozi bo‘lsa, yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki sud organlariga murojaat qilish huquqiga ega.

☎️ Iste’molchilar uchun ishonch telefoni: 1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening