Выберите язык

Zomin tumanida yashovchi Ro‘ziboy Mamatkarimov yaqinda “1091” qisqa raqamli Ishonch telefoni orqali O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qildi.

Uning aytishicha, u Dashtobod dehqon bozoridagi Nodir ismli tadbirkordan 3 million so‘mga “SAMSUNG” rusumli mobil telefon xarid qilgan. Ammo uyga qaytib ishlatib ko‘rganida, qurilma nosozligi ma’lum bo‘lgan.

Fuqaro nosoz telefonni qaytarib, almashtirishni talab qilganida, tadbirkor “servis xizmatiga berib, keyin ko‘ramiz” deya vaqtni cho‘zishga uringan.

Murojaat asosida masala Zomin tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi. Tadbirkorga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi tushuntirildi. Unda aniq belgilab qo‘yilgan:

Iste’molchi kamchiliklarga ega tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirish yoki pulini qaytarib olish huquqiga ega.

Mutaxassislarning aralashuvi va qonuniy tushuntirishlardan so‘ng, fuqaroning nosoz telefoni iste’molchi xohishiga ko‘ra yangi va yaroqlisiga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening