Выберите язык

Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumanida yashovchi fuqarolar A.Ch. va O.M. Jizzax shahar “Zebo” savdo markazidagi doʻkondan 5 200 000 va 4 800 000 so‘mlik telefonlar xarid qilganlar. Biroq har ikki telefonda ham nosozlik aniqlanib, fuqarolar e’tiroz bildirishdi.

Murojaat Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaroga O.M. sotuvchi tomonidan 4 800 000 so‘m qaytarib berildi, fuqaroga A.Ch. esa kafolat asosida bepul servis xizmati ko‘rsatilib, telefon ta’mirlandi.

Jamiyat xodimlari sa’y-harakati natijasida har ikki fuqaroning huquq va talablari to‘liq qanoatlantirildi. Bu holat iste’molchilarning huquqlari himoyasida mutasaddilarning samarali va faol ishi namuna sifatida xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening